Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sudlar xodimlari diktant yozdi
12:29 / 2025-12-02

Mamlakatimiz bosh qomusi qabul qilinganligining 33 yillik bayrami oldidan Andijon viloyati va viloyat ma’muriy sudlari xodimlari ishtirokida diktant ma’rifiy aksiyaci o‘tkazildi.

Huquqshunoslar, shu jumladan, sud xodimlarining bosh qomusimiz mazmun-mohiyati, har bir moddasi haqida puxta bilim va keng tushunchaga ega bo‘lishi juda muhimdir. Ana shundan kelib chiqib, viloyat sudi rahbariyati tashabbusi bilan o‘tkazilgan tadbirning asosiy maqsadi xodimlarning Konstitutsiyaga hurmat, unga amal qilish madaniyatini mustahkamlash, davlat tilining nufuzini oshirish hamda o‘zbek adabiy tili me’yorlariga oid bilimlarini yanada yuksaltirishga qaratildi.

– Sud xodimlari tayyorlagan matnlar bexato va savodli bo‘lishi kerak, – deydi Andijon viloyat sudining sudya katta yordamchisi Sardorbek Umarov. – Ushbu aksiya bizga qonunlarni puxta bilish bilan birga, bexato va savodli bayon qilish ko‘nikmalarimizni oshirishga yordam berdi. 

Diktantlar filolog mutaxassislar tomonidan ko‘rib chiqilib, xolisona baholandi.

Eng yaxshi natija ko‘rsatgan sud xodimlari bosh qomusimiz qabul qilinganining 33 yilligi bayrami arafasida faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadigan bo‘ldi.

F.Ubaydullayev,

Z.Umrzoqov (surat),

O‘zA muxbirlari.