Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sudlar va pochta aloqa bo‘limlari o‘rtasidagi hamkorlik samaradorligi oshirilmoqda
10:40 / 2026-02-05

Qashqadaryo viloyati sudida fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyalar, sud apparati xodimlari hamda “O‘zbekiston pochtasi”AJ Qashqadaryo viloyati filiali xodimlari ishtirokida videokonferensaloqa shaklida seminar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda sud chaqiruv xatlari va sud hujjatlarini taraflarga o‘z vaqtida yetkazish, shuningdek, Sudlar faoliyatini ta’minlash departamentining Qashqadaryo viloyati hududiy bo‘limi bilan “O‘zbekiston pochtasi” AJ Qashqadaryo viloyati filiali o‘rtasida tuzilgan shartnomada belgilangan tartib-qoidalarga qat’iy amal qilish masalalari muhokama qilindi.

Seminar davomida ma’ruzachilar pochta aloqa bo‘limlari xodimlari sud hujjatlarini yetkazish jarayonida nafaqat ijrochi, balki huquqiy targ‘ibotchi sifatida ham faoliyat yuritishi lozimligini ta’kidladi. Shuningdek, sud chaqiruv xatlarini pochta orqali qabul qilgan taraflarga yetkazish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan holatlarda bajarilishi shart bo‘lgan vazifalar hamda bu ishlar sud ishlarini o‘z vaqtida va sifatli hal etishda muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.

Muhokamalarda sudlar va pochta aloqa bo‘limlari o‘rtasida axborot tizimlari orqali amalga oshirilayotgan integratsiya jarayonlari, sud tomonidan yuborilgan hujjatlarni yetkazish amaliyoti, chaqiruv xatlari va sud qarorlarini qog‘oz shakliga keltirib, manzilga topshirish tartibiga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, integratsiya jarayonlaridagi texnik xatoliklar, internet tarmog‘idagi uzilishlar, fuqarolarning yashash manzillaridagi noaniqliklar bilan bog‘liq holatlarda ko‘rilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.

O‘lmas Barotov, O‘zA muxbiri