Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sudlar faqatgina jinoyatga jazo tayinlovchi organ emas
09:19 / 2022-07-20

Sirdaryo viloyat sudlarining joriy yil birinchi yarmidagi faoliyati sarhisobiga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Unda viloyat sudi raisi A.Xudoyberdiyev so‘nggi yillarda sud tizimidagi islohotlar haqida gapirib, bugun sudlarga faqatgina jinoyatga jazo tayinlovchi organ sifatida qaralmasligini balki, bugungi sud tizimi jinoyatlarning kelib chiqish sabablari, oqibatlari bilan ham kurashayotgani, profilaktika borasida qator chora-tadbirlarni amalga oshirayotganini ta’kidladi.

Ma’lum qilinishicha, Sirdaryo viloyat ma’muriy sudlarining 2022 yil yanvar-iyun oylaridagi faoliyati davomida Guliston tumanlararo ma’muriy sudi tomonidan birinchi instansiyada jami 461 ta ommaviy nizo va materiallar ko‘rib tamomlangan. Joriy yil birinchi yarmida 2021 yilning ushbu davriga nisbatan ommaviy nizolarning ko‘rilishi 105 foizga oshgan. Ish toifalari tahlili shuni ko‘rsatdiki, 285 ta ommaviy nizodan, aksariyat qismi, ya’ni 216 tasi ma’muriy organ, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining qarorini haqiqiy emas, deb topish, 46 tasi ma’muriy organ, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organini mansabdor shaxslarining harakati (harakatsizligi)ni qonunga xilof, deb topish haqidagi ishlarga to‘g‘ri kelgan. Ma’muriy sudlar tomonidan o‘tgan davr davomida 137 ta, ya’ni 2021 yilning birinchi yarmida qanoatlantirilgan 43 ta ma’muriy ishga nisbatan 94 taga ko‘p bo‘lgan ish qanoatlantirilgan, yarim yilda o‘tgan yilning birinchi yarmiga nisbatan 3,2 barobarga ko‘p fuqaro va tadbirkorlarning buzilgan huquqlari tiklangan.

Sirdaryo viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudlari tomonidan 6 oyda jami 1 032 nafar shaxsga nisbatan 784 ta jinoyat ishi mazmunan ko‘rib chiqilgan. Ko‘rib chiqilgan jinoyat ishlarini 2021 yilning 6 oyi bilan taqqoslanganida 24,5 foizga oshgan.

Mazkur davrda sudlangan shaxslarning jami 321 nafari yoki 38,3 foizini yoshlar, 75 nafari yoki 8,9 foizini ayollar, 17 nafari yoki 2,0 foizini voyaga yetmaganlar tashkil etmoqda.

Sirdaryo viloyat sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati va tumanlararo sudlari tomonidan 1-yarim yillik davomida o‘tgan yildan qoldiq bo‘lib o‘tgan ishlar bilan birga jami 11 167 ta fuqarolik ishi kelib ko‘rilgan. Uning 9 455 (5366) tasi tamomlangan. Ishlar soni o‘tgan yil bilan solishtirilganda, 76,2 foizga ko‘paygan. Tamomlangan ishlardan 7788 tasi qanoatlantirilgan, 373 tasi rad qilingan, 146 tasi ish yuritishdan tugatilgan, 1148 tasi bo‘yicha da’vo ko‘rmasdan qoldirilgan.

2022 yilning 6 oyi davomida viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati va tumanlararo iqtisodiy sudlarining ish yurituviga o‘tgan yildan qoldiq bo‘lib o‘tgan ishlar bilan birga 5000 ta iqtisodiy ish mavjud edi. Iqtisodiy ishlardan 2744 tasi sayyor sud majlislarida ko‘rilgan.

Yarim yillik faoliyat tahlilidan so‘ng jurnalist va blogerlarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.

 

Shuhrat Suyarov, O‘zA