Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etiladi
12:13 / 2020-09-07

Bugungi kunda, davlatimiz tomonidan sudlar faoliyatining moddiy-texnik bazasini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash boʻyicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.


Bugungi kunda, davlatimiz tomonidan sudlar faoliyatining moddiy-texnik bazasini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash boʻyicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Mazkur chora-tadbirlar bevosita inson va tadbirkorlik subyektlarining, oʻzlarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha tegishli sudlarga murojaat qilish tartib-taomillarini yana-da erkinlashtirish hamda sudlar faoliyatida shaffoflikni taʼminlash imkonini berdi.

Xususan, sud hokimiyati organlari faoliyatini raqamlashtirish, sudlar va boshqa idoralar oʻrtasida axborot almashinuvini amalga oshirish uchun sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etilishi shular jumlasidandir.

Shu bilan birga, joriy yilning 3-sentyabrdagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud hokimiyati organlari faoliyatini raqamlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bilan sud hokimiyati organlari faoliyatini raqamlashtirish boʻyicha tegishli chora-tadbirlar belgilab berildi.

Mazkur qarorga koʻra, kelgusi yildan boshlab sudlarda sud majlislari belgilangan tartibda audioyozuvdan foydalangan holda qayd etib borish, apellyatsiya va kassatsiya instansiyasi sudlarida ishlarni sudyalar oʻrtasida avtomatik ravishda taqsimlash, ishtirokchilarni sud majlislarining vaqti va joyi haqida “SMS” xabar orqali bepul asosda xabardor qilish amaliyoti joriy etiladi.

Shuningdek, 2022 va 2023-yillardan boshlab sud qarorlarini ish boʻyicha taraflarga onlayn tarzda taqdim etish va sohaga oid boʻlgan 10 ga yaqin interaktiv xizmatlar koʻrsatish yoʻlga qoʻyiladi hamda sud ishlarini davlat arxiviga elektron shaklda topshirish va qabul qilish joriy etiladi.

Aholiga yana-da qulaylik yaratish maqsadida, muayyan ishni koʻrish jarayonida zarur boʻlgan maʼlumotlar va hujjatlarni ularni ovora qilmagan holda sudlar tomonidan bevosita davlat organlari va tashkilotlaridan elektron shaklda olish yoʻlga qoʻyiladi.

Endilikda, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari, advokatlar tomonidan sudlarga daʼvo, ariza va shikoyatlarni faqat elektron shaklda taqdim etish imkoniyatini beruvchi “Adolat” axborot tizimlari kompleksi 2022-yil 1-yanvardan boshlab sudlar faoliyatiga joriy etiladi.

Muxtasar qilib aytganda, sud organlari faoliyatiga axborot-texnologiyalarini keng joriy etilishi hamda sudlarning va davlat idora va tashkilotlari oʻrtasida axborot almashinuvini yana-da yaxshilanishi odil sudlov samaradorligini oshirishga bevosita xizmat qiladi.

D.BAZAROVA,
Toshkent davlat yuridik universiteti
Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi mudiri