Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sudlanuvchi guvohga bosim o‘tkazdi
18:34 / 2022-10-10

Ayol deganda eng avvalo ona va oila ko‘rki ko‘z o‘ngimizga keladi. So‘nggi yillarda mamlakatimizda ayollarga e’tibor yangi bosqichga ko‘tarildi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Gender tengligi masalalari bo‘yicha amaliy ishlar olib borilib, jamiyat boshqaruvida ayollarning roli oshmoqda.

Ayol kabi nozik mavjudotning jinoyat sodir etishi esa achinarli holat. Albatta, jinoyat sodir etib jazoga tortilib kelayotgan ayollar haqida tez-tez eshitib turamiz. Jazolashdan maqsad ularni va boshqa shaxslarni kelgusida bu kabi jinoyatlarni sodir etmasligini oldini olish, axloqan tuzatish va ularni odatiy hayot tarziga qaytarishga ko‘maklashishdan iborat.

Biroq, guruch kurmaksiz bo‘lmaydi, deganlaridek, ayollar orasida milliy urf-odatlarimiz, qadriyatlarimizga zid bo‘lgan qo‘shmachilik va fohishalik bilan shug‘ullanayotganlar ham borligi achinarlidir.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudining 2022 yil 10 iyundagi hukmi bilan 1997 yilda tug‘ilgan, ikki nafar farzandning onasi O.Komilova hamda 2000 yilda tug‘ilgan, bir nafar farzandning onasi Z.O‘rinovalarga Jinoyat Kodeksi 131-moddasining 3-qismi bilan 3 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.

Sudning hukmiga ko‘ra, Farg‘ona shahar ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan 2022 yil 30 yanvar kuni o‘tkazilgan “Oriyat 2022” tezkor tadbiri davomida O.Komilova tanishi Yu.Turg‘unaliyeva bilan bir guruh bo‘lgani holda, tadbirda “maxsus xaridor” sifatida ishtirok etgan O.Sotvoldiyevni 100 AQSH dollari evaziga S.Borotova bilan jinsiy aloqa qilishi uchun g‘arazli va boshqa past niyatda qo‘shmachilik qilganlikda aybli deb topilgan. Shuningdek, u o‘zining jinoiy harakatlarini davom ettirib, Z.O‘rinova bilan oldindan til biriktirib, ijara asosida yashab kelayotgan uyida fohishaxona tashkil etib, 200 ming so‘m evaziga “maxsus xaridor” O.Sotvoldiyevni S.Borotova bilan jinsiy aloqa qilishi uchun sharoit yaratib berganlikda aybli deb topilgan.

O.Komilova va Z.O‘rinovalar tomonidan sudning hukmiga nisbatan kiritgan apellyatsiya shikoyatlari Farg‘ona viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha apellyatsiya instansiyasi tomonidan ko‘rib chiqilib, sud hay’atining ajrimi bilan, birinchi instansiya sudi tomonidan unga oid jinoyat ishini qonuniy, asosli va adolatli ko‘rib chiqqan deb baholanib, sud hukmi o‘zgarishsiz qoldirildi.

Mazkur ishning o‘ziga xos yana bir tarafi shundaki, jinoyat ishi apellyatsiya instansiyasida ko‘rilishida O.Komilova ish bo‘yicha asosiy guvoh hisoblangan Yu.Turg‘unaliyevani yashash xonadoniga borib, sudda uni aybsiz sifatida ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan ko‘rsatuvlar berishini talab qilgani haqidagi guvohlarning ko‘rsatuvlari bo‘ldi. Ya’ni, O.Komilova o‘zini aybsiz qilib ko‘rsatish maqsadida hatto guvohga bosim o‘tkazishga harakat qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 236-moddasida tergov qilishga yoki sud ishlarini hal etishga aralashganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan. Yuqoridagi holatlar inobatga olinib, O.Komilovani harakatlariga qonuniy baho berish masalasini hal qilishlik uchun tegishli hujjatlar ilova qilingan holda viloyat prokuraturasiga yuborildi.

Ayni holatda ham sud tomonidan qonun ustuvorligi ta’minlanib, aybdor deb topilgan shaxslarga nisbatan qonuniy jazo tayinlandi.

Abrorxon Akramov,

Farg‘ona viloyat sudining

jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi

O‘zA