Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sudda “Dok-1 Maks” dori vositasi tarkibida zaharli moddalar aniqlangani aytildi
19:36 / 2023-09-13

Xabaringiz bor, Hindistonda ishlab chiqarilgan “Dok-1 Maks” dori vositasini qabul qilgan 65 nafar bola vafot etgan edi. Toshkentda ushbu jinoyat ishi bo‘yicha sud jarayoni davom etmoqda.

Mazkur ochiq sud majlisiga  Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati sudyasi Muso Yusupov raislik qilmoqda.   

Oldingi sud majlislari davomida biri necha nafar jabrlanuvchi bilan suhbatlashgan edik. Ular farzandlari shamollab qolganida “Dok-1 Maks” siropini ichirgani, shundan keyin bolalarning ahvoli og‘irlashgani haqida so‘zlab bergan edi. 

Ko‘p hollarda bolalarning buyraklari ishdan chiqishi oqibatida ular vafot etgan. Ayrim hollardagina bolalar tirik qolgan, biroq markaziy asab tizimi qattiq shikastlanishi oqibatida ular nogiron bo‘lib qolgan.

Bugun bo‘lib o‘tgan sakkizinchi sud majlisida jabrlanuvchilar bilan suhbatlasha olmadik. Chunki sudda ulardan hech biri negadir ishtirok etmadi. 

Sud majlisida “Dok-1 Maks” dori vositasi laboratoriya tekshiruvidan o‘tkazilgan edimi, nima uchun dastlabki bosqichda unda mavjud bo‘lgan zararli moddalar aniqlanmagani va sotuvga chiqarilgani haqidagi savollar berildi. 

Sudlanuvchilardan biri “Quramax Medikal” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan “Dok-1 Maks” dori vositasi O‘zbekistonga 11 yil davomida olib kelingani va dorixonalarda sotilganini aytdi. 

Dorining ta’siri yaxshi bo‘lgani uchun ko‘pchilik ota-onalar zarur bo‘lganda farzandlariga aynan mazkur dorini olib ichirgan. Lekin 2021, 2022 yillarda mamlakatimizga olib kirilgan mazkur dori vositasida inson salomatligiga salbiy ta’sir etishi mumkin bo‘lgan zaharli moddalar – etilenglikol va dietilenglikol mavjudligi aniqlangan. 

Faqat bu “Dok-1 Maks” tufayli bolalar hayotdan ko‘z yumganidan keyin huquqni muhofaza qiluvchi organlarning so‘rovi asosida o‘tkazilgan laboratoriya tekshiruvlaridan keyin ma’lum bo‘lgan. 

Eslatib o‘tamiz, mazkur sud jarayonida bolalar o‘limiga sabab bo‘lgan dori vositalarini mamlakatimizga olib kirgan, uning tarkibini tekshirishga mas’ul bo‘lgan va tarqatgan xodimlardan iborat 21  nafar ayblanuvchi sud oldida javob bermoqda. 

Sud tergovi hali davom etmoqda. Bu jarayonda sudya, prokuror va advokatlar tomonidan berilayotgan savollarga ayblanuvchilar tomonidan qaytarilayotgan javoblar, bildirilayotgan fikrlarga sud yakuni bo‘yicha sudya qonuniy baho beradi.   

<iframe width="2048" height="996" src="https://www.youtube.com/embed/ygA8XwCGl9Q" title="Sudda “Dok-1 Maks” dori vositasi tarkibida zaharlimoddalar aniqlangani aytildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Norgul Abduraimova,

Doniyor Yakubov (video), O‘zA