Sudanning sobiq Prezidenti qamoqdan prokuraturaga ko‘chirib o‘tkazildi
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 30 yilga yaqin vaqt hokimiyatda turgan Omar al-Bashirga korrupsiya bilan bog‘liq qator ayblovlar e’lon qilingandi.
Sudanning hokimiyatdan chetlatilgan sobiq Prezidenti Omar al-Bashir qamoqdan prokuraturaga ko‘chirib o‘tkazildi. Al Arabiya xabarida aytilishicha, sobiq davlat rahbari korrupsiyaga qarshi komissiyaning shtab-kvartirasiga olib kelingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 30 yilga yaqin vaqt hokimiyatda turgan Omar al-Bashirga korrupsiya bilan bog‘liq qator ayblovlar e’lon qilingandi.