Yana 30 ming kishi jarohat olgan, dedi mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Xeysam Muhammad Ibrohim.
Vazirning ta’kidlashicha, poytaxt Xartumda tibbiy muassasalarning 70 foizi Tezkor harakat kuchlari tomonidan uyushtirilgan hujumlar oqibatida vaqtincha faoliyatini to‘xtatgan.
2023-yil 15-apreldan buyon Sudanda hukumat qo‘shinlari bilan qo‘mondon Muhammad Xamdan Daglo rahbarligidagi Tezkor harakat kuchlari o‘rtasida o‘zaro ichki janglar kechmoqda. Tomonlar janglarda muvaffaqiyatga erishgani va katta obyektlar ustidan nazoratni o‘rnatgani haqida muntazam ravishda bir-birini inkor etuvchi bayonotlarni berib keladi.
Xalqaro Qizil xoch qo‘mitasi bayonot berishicha, bir necha oydan buyon davom etayotgan janglar mamlakatda turli kasalliklarning ko‘payishiga hamda sog‘liqni saqlash tizimining butunlay izdan chiqishiga olib keladi.
BMT ma’lumotlariga ko‘ra, Sudanda 8,2 milliondan ortiq kishi harbiy harakatlar sababli o‘z uylarini tark etgan, ulardan 1,7 million nafari qo‘shni mamlakatlarga qochib o‘tgan.