Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sudanda yirik avtohalokat, qurbonlar ko‘p
19:24 / 2025-08-08

Sudan shimoli-sharqida sayyohlar avtobusi bilan sodir bo‘lgan yo‘l transport hodisasida 13 kishi halok bo‘ldi, 23 kishi jarohat oldi, deb yozdi “Sinxua” agentligi mamlakat politsiyasi bayonotiga tayanib.

— Mamlakat sharqidagi Qizil dengiz shtatida payshanba kuni sayyohlar avtobusi Port-Sudandan Kassalaga ketayotgan yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketdi, — deyilgan xabarda.

Huquq-tartibot idoralari ma’lumotiga ko‘ra, fojiaga yuqori tezlik, noto‘g‘ri quvib o‘tish va haydovchining ehtiyotsizligi sabab bo‘lgan.