Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sudanda to‘fon va kuchli yomg‘ir: ko‘pchilik boshpana izlayapti
12:50 / 2024-08-11

BMT mintaqadagi harbiy mojaro, ocharchilik va suv toshqini oqibatidan ogohlantirib, hamjamiyatni Sudanga shoshilinch yordam ko‘rsatishga chaqirmoqda.

Kuchli suv toshqini va fuqarolar urushi tufayli uylarini tashlab chiqqanlar boshqa hududdan boshpana izlashga majbur. Vaziyat Sudan xalqi og‘ir ahvolini kuchaytirmoqda.

BMT ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi ikki hafta ichida 11 mingdan ortiq odam, jumladan qochqinlar va mahalliy aholi kuchli yomg‘ir va suv toshqinidan qochgan.

Harbiy mojaro tufayli Sudanda g‘alla hosili 40 foiz kamaydi. Aprelda BMT Oziq-ovqat dasturi vakillari xalqaro hamjamiyatni Sudanga zudlik bilan qishloq xo‘jaligida keng ko‘lamli yordam ko‘rsatishga chaqirgan edi.

Fuqarolar urushi boshlangandan buyon bir yil ichida 18 millionga yaqin inson ochlik va oziq-ovqat tanqisligiga duch keldi. Mutaxassislar vaziyat yanada yomonlashib, oziq-ovqat ta’minoti halokatli darajaga yetishi mumkinligidan ogohlantirgan.

To‘qnashuv kuchli hududlar, masalan Darfur, Kordofan va Xartum viloyatlarida jabrlanganlar ko‘p.