Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sudanda qarma-qarshi kuchlar tinchlik kelishuvini uzaytirdi
13:01 / 2023-05-30

Sudan qurolli kuchlari va Tezkor harakat kuchlari o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvni yana besh kunga uzaytirdi, deb xabar tarqatmoqda Al Arabiya telekanali.

Avvalroq Armiya va Tezkor harakat kuchlari vakillari Saudiya Arabistonining Jidda shahrida erishilgan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvni uzaytirish imkoniyatlarini muhokama qilishga tayyorligini bildirgan edi.

“Sudanda yarashuv muddatining uzaytirilishi gumanitar yordam ko‘rsatish va turli xizmatlar faoliyatini tiklash uchun ko‘proq vaqt beradi”, – deyiladi telekanal bergan xabarda.

Sudanda urishayotgan tomonlar o‘rtasida gumanitar yarashuv muddati yakshanba kuni kechqurun nihoyasiga yetgan. Tomonlar bir-birini ushbu kelishuvning buzilishida ayblab kelmoqda.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining so‘nggi xabari bo‘yicha, Sudanda kechayotgan qurolli to‘qnashuvlar natijasida 702 kishi halok bo‘lgan, 5 ming 687 kishi jarohat olgan. Mamlakat vrachlari kasaba uyushmalari xabariga ko‘ra, qurolli mojaro 866 nafar tinch aholi hayotiga zomin bo‘lgan.

BMTning migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkiloti (MOM) esa urush boshlangandan buyon 319 ming kishi mamlakatni tark etgani haqida ma’lum qilgan.