Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sudanda mingdan ortiq odam ko‘chki ostida qoldi
10:40 / 2025-09-02

“Reuters” agentligi yozishicha, Sudan g‘arbidagi qishloq ustiga tushgan ko‘chki mingdan ortiq odamni bosib qolgan. Fojia joyidan faqat bir kishi omon chiqqani aytilyapti.

Ozodlik harakati (armiyasi) mamlakat g‘arbidagi Marra tog‘i hududida butun qishloqni vayron qilgan ko‘chki haqida xabar berdi.

Ofatga yakshanba kungi kuchli yomg‘ir sabab bo‘lgan. Isyonchilar BMT va boshqa xalqaro tashkilotlarga tabiiy hodisa qurbonlari jasadini qidirishda yordam so‘rab murojaat qilgan.