Sudanda hukumat tarqatib yuborildi
Sudanning o‘tish davri hukumati rahbari Kamol Idris mamlakat Vazirlar Mahkamasi tarqatib yuborilganini ma’lum qildi. Bu haqda davlat axborot agentligi SUNA xabar bergan.
Bosh kotiblar va vazir o‘rinbosarlariga yangi hukumat tuzilgunga qadar faoliyatini davom ettirish bo‘yicha ko‘rsatma berilgan.