Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sudan va Chad o‘zaro muammoga yechim topdi
11:22 / 2022-08-05

Sudan suvereniteti kengashi raisi o‘rinbosari Muhammad Hamdan Dagalu va Chad Harbiy kengashi raisi Muhammad Idris Debi Itno ikki tomonlama munosabatga oid masalani muhokama qildi. Bu haqda “Anadolu” axborot agentligi ma’lum qildi.

Rasmiy tashrif bilan Chadda bo‘lgan Dagalu Suverenlik kengashi bayonotiga ko‘ra, Itno bilan uchrashgandan so‘ng matbuotga chiqish qildi.

Dagalu Sudan va Chad o‘rtasidagi yaqin munosabatga to‘xtalib, iqtisodiy hamkorlikdan tashqari, xavfsizlik va chegara masalasi ham ko‘tarilganini bildirdi.

Dagalu chegara muammosi bo‘yicha muhokamadan so‘ng samarali yechim topilganini aytib, ikki qardosh davlat o‘rtasida savdo-sotiq va fuqarolarning o‘zaro harakatlanishini osonlashtirish muhimligini ta’kidladi.

 O‘zA