Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sudan harbiylari 15 nafar amaldor va siyosatchini hibsga oldi
16:16 / 2021-10-26

Sudan harbiylari hafta avvalida 15 nafar yuqori martabali amaldor va siyosatchilarni hibsga oldi, deyiladi “RIA Novosti”ning mazkur mamlakatdagi Mustaqil o‘tish davri kengashidagi manbaga asoslanib bergan xabarida.

Sudan harbiylari bosh vazir Abdulla Hamdokni va hukumatning yana bir necha a’zosini qo‘lga olgan.  

Mustaqil kengash raisi Abdul Fattoh al Burhon Davlat televideniyesi orqali chiqishida mamlakatda favqulodda holat tartibi joriy qilingani, kengash va hukumatning tarqatib yuborilishini e’lon qildi. “Hukumat kamida 15 nafar yuqori martabali shaxs va siyosatchini hibsga oldi”, deyiladi manbada.