Sudan. Aviahalokatda 11 kishi halok bo‘ldi
Sudanda samolyot qulashi oqibatida kamida 11 kishi nobud bo‘ldi. Bu haqda “Al-Hadath” telekanali harbiy manbalarga tayanib xabar tarqatdi.
Hodisa Port-Sudan shahridagi xalqaro aeroportda kuzatilgan.
Ma’lumotga ko‘ra, halokat “texnik nosozlik tufayli, uchoq havoga ko‘tarilgandan keyin” sodir bo‘lgan.