Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sud xodimlari ham hasharda faol ishtirok etdi
10:21 / 2025-08-23

Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi jamoasi O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yilligini munosib nishonlash maqsadida mamlakatimiz bo‘ylab “Obod va fayzli mahalla - yurt ko‘rki” shiori ostida o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hasharida faol ishtirok etmoqda.

Sud xodimlari tomonidan o‘zlari faoliyat olib boradigan binolar hududi va uning atrofidagi maydonlar tozalanib, obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Jumladan, ariqlar chiqindilardan, begona o‘tlardan tozalanib, hudud obodonlashtirildi.

Bu xayrli ishlar nafaqat mehnat jamoalarining hamjihatligini aks ettiradi, balki mahallalarni obod qilish, atrof-muhitni asrash, ekologik madaniyatni yuksaltirish yo‘lidagi muhim tadbirlardan hisoblanadi.

Dovud Abibullayev,

O‘zA muxbiri