French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Sud va yoshlar" uchrashuvida sayyor sud ham o‘tkazildi
08:09 / 2021-05-11

Buxoro yuridik texnikumida jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro shahar sudi sudyalari hamda viloyat sudi xodimlari tomonidan o‘quvchi-yoshlar bilan “Sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlar hamda ularning oldini olish bo‘yicha viloyatda amalga oshirilayotgan choralar” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi.

Unda texnikumning “Yuridik xizmat faoliyati”, “Sud huquqiy faoliyati” hamda “Davlat huquqiy faoliyati” yo‘nalishlaridan tahsil olayotgan o‘quvchi-yoshlari hamda “Xususiy-huquqiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchilari qatnashdi.

-Jamiyatimiz hayotida yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish fuqarolik jamiyatiga asoslangan demokratik tamoyillaridan biri bo‘lib, professional ta’lim tizimida dual ta’limni tashkil etishdan ham ko‘zlangan asosiy maqsad, o‘quvchilarning nazariy bilimlari asosida huquqiy ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat, - deydi viloyat sudining jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar bo‘limi bosh konsultanti Nurbek Raximov. -Uchrashuvda sud-huquq sohasida olib borilayotgan islohotlar, sohada fuqarolarga yaratilayotgan imkoniyatlar, yoshlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlar va ularning oldini olish bo‘yicha viloyatda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida alohida to‘xtalib o‘tildi.

O‘quvchilarning nazariy bilimlarini amaliyotda to‘g‘ri qo‘llay olishi uchun zamin yaratish maqsadida shu kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro shahar sudi sudya J.Tojiyev ish yurituvidagi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 1763-moddasida ya’ni avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish faoliyati bilan litsenziyasiz shug‘ullanishda ifodalangan huquqbuzarlikni sodir qilgan Karimov Abduraxmon Raxim o‘g‘liga oid ma’muriy ishni sayyor sud majlisida ko‘rib chiqdi.

Ushbu sud jarayonidan o‘quvchi yoshlar sud protsessi haqida tushunchaga ega bo‘ldi.

Tadbir so‘ngida ishtirokchilar sud-huquq sohasida o‘zlarini qiziqtirayotgan savollar bilan murojaat qildi.

Zarif Komilov, O‘zA