Navoiy viloyati prokuraturasi va O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi viloyat bo‘limi hamkorligida “Odil sudlov va ijro yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlarda prokuratura organlarining o‘rni” mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi.
Unda viloyat prokurori o‘rinbosari Ravshan Zayniyev prokuratura organlari tomonidan 2025 yilning o‘tgan davri mobaynida odil sudlov va ijro yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar haqida atroflicha ma’lumot berdi.

Ta’kidlanganidek, jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat sudlari tomonidan 2596 nafar shaxsga nisbatan 1986 ta jinoyat ishi, iqtisodiy sudlar tomonidan 8324 ta, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 17789 ta, Navoiy tumanlararo ma’muriy sudi tomonidan esa 1255 ta ommaviy huquqiy munosabatlarga oid ishlar ko‘rilgan.
– Jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat sudlari tomonidan ko‘rilgan barcha jinoyat ishlarida prokuror ishtiroki ta’minlandi, – deydi Ravshan Zayniyev. – Hisobotdavrida 2262 nafar shaxsga nisbatan 1666 ta ayblov hukmichiqarildi. Jumladan, 476 tajinoyatishibo‘yicha 632 nafarshaxsganisbatanozodlikdanmahrum qilishbilanbog‘liq, 1190 tajinoyatishibo‘yichaesa 1630 nafarshaxsganisbatanozodlikdanmahrum qilishbilanbog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlandi. Shuningdek, sudlarning 70 ta qarori prokurorlar protestlari asosida bekor qilingan yoki o‘zgartirilgan. Iqtisodiy sudlarda ko‘rilgan 763 ta ishda prokuror ishtiroki ta’minlanib, ushbu sudlarning 7 ta qarori prokuror protestlari asosida bekor qilingan yoki o‘zgartirilgan. Bundan tashqari, prokurorlar tomonidan iqtisodiy sudlarga 40,3 milliard so‘mlik 394 ta da’vo arizasi kiritilib, ularning 357 tasi qanoatlantirildi. 29 ta da’vo zarar qoplangani sababli rad etilgan bo‘lsa, 8 tasi ish yuritishdan tugatildi yoki ko‘rmasdan qoldirildi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan ko‘rilgan ishlarning 1318 tasida prokuror ishtiroki ta’minlangan. Prokuror ishtiroki majburiy bo‘lgan ishlarning 528 tasi yerga oid, 59 tasi davlat mulki bilan bog‘liq, 126 tasi davlatga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash, 169 tasi byudjetdan undiruv, 43 tasi ota-onalik huquqidan mahrum qilish, 119 tasi farzandlikka olish, 137 tasi fuqaroni muomalaga layoqatsiz deb topish va 12 tasi fuqaroni bedarak yo‘qolgan deb topish bilan bog‘liq ishlarni tashkil qiladi. Shuningdek, ushbu davrda prokurorlar tomonidan sudlarga 415 million so‘mlik 163 ta da’vo arizalari hamda 588 ta milliard 204 million so‘mlik arizalar kiritilib, barchasi qanoatlantirilgan.

Viloyat prokuraturasining tashabbusi bilan tabiatga yetkazilgan zararlarni undirish bilan bog‘liq qonunchilik ijrosi tahlil qilinib, zararlarni undirish choralari ko‘rilmaganligi holatlari aniqlangan. Natijada fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga jami 54 ta holatda 207 million so‘mlik da’vo arizalar kiritilishi ta’minlandi.
Viloyat ma’muriy sudi qarorlarining 22 tasi prokuror protestlari asosida bekor qilingan. Shuningdek, o‘tgan davr mobaynida Navoiy tumanlararo ma’muriy sudiga prokurorlar tomonidan jami 13 ta da’vo arizalari kiritilib, barchasi qanoatlantirilgan.

Matbuot anjumanida sud qarorlari va boshqa hujjatlarning ijrosi sohasida amalga oshirilgan ishlar haqida ham ma’lumot berildi. Jumladan, Majburiy ijro byurosi Navoiy viloyat boshqarmasi organlari tomonidan jami 4 trillion 281 milliard so‘mlik 358 ming 512 ta hujjat bo‘yicha ijro harakatlari olib borilib, 2 trillion 617 milliard so‘mlik 204 ming 429 ta ijro hujjatlari bo‘yicha yakuniy qarorlar qabul qilingan.

Matbuot anjumanida OAV vakillarini qiziqtirgan savollarga viloyat prokuraturasi rahbariyati hamda mas’ul xodimlar atroflicha tushuntirishlar berdi.
A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri