Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sud tizimini raqamlashtirish yanada kengaytiriladi
17:54 / 2021-01-08

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan 2017 yildan ma’muriy sudlarning tashkil etilishi mamlakatimizda sud-huquq tizimiga alohida e’tibor qaratilganini anglatadi.

Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasida barcha sohalar qatori sud-huquq tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarga yana bir bor alohida urg‘u berilib, 2021 yildan boshlab inson huquq va erkinliklarini kafolatli himoya qilish, qonun ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan islohotlar yangi yilda ham izchil davom ettirilishi, bir-birini takrorlaydigan sud bosqichlari qisqartirilishi, nazorat tartibida ko‘rish amaliyoti bekor qilinishi lozimligi qayd etildi. Endi sudlar «bir sud – bir instansiya» tamoyiliga amal qilgan holda ish yuritadi.

Bundan tashqari fuqarolik, iqtisodiy va jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat darajasidagi uchta sudlarni bitta sud sifatida birlashtirilishi bu o‘z navbatida aholi va tadbirkorlarga katta qulayliklarni yaratadi.

Chet el investorlar huquqlarini munosib himoya qilish maqsadida, Oliy sudda investitsiyaviy nizolar va raqobatga oid ishlarni ko‘rish bo‘yicha maxsus sudlov tarkibi tashkil etilishi davr talabi bo‘ldi.

Shuningdek, yirik investorlar, o‘z xohishiga ko‘ra nizoni hal qilish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri Oliy sudga murojaat qilishlari mumkin.

Sud tizimida raqamlashtirish yanada kengaytirilib, fuqarolarning sud binosiga kelmasdan onlayn tartibda ham murojaat qilish imkoniyati yaratiladi.

Shuningdek, jazoni ijro etish tizimida 25 ta manzil-koloniyalar bosqichma-bosqich qisqartiriladi, birinchi marta ozodlikdan mahrum etilgan shaxsga berilgan jazo yengilrog‘i bilan almashtirilsa, u manzil-koloniyaga o‘tkazilmasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri probatsiya nazoratiga olinishi nazarda tutilmoqda.

Mazkur yengillik natijasida hozirda jazo o‘tayotgan ma’lum bir shaxslarga o‘z mahallasi nazorati ostida oilasi bag‘rida bo‘lish imkoniyati yaratilsa, jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish va shartli ozod qilish to‘g‘risida taqdimnoma kiritish vakolati jazoni ijro etish organidan, yangi tashkil etiladigan Insonparvarlik komissiyasiga o‘tkazilishi belgilanmoqda. Bu ham ko‘ngildagi gap bo‘ldi.

Bir so‘z bilan aytganda, Murojaatnomada Prezidentimiz tomonidan ko‘pgina sohalar qatori sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash va odil sudlovga erishishga qaratilgan muhim masalalar o‘rtaga tashlangani e’tiborni tortadi .

 

Ulug‘bek Ahmedov,

Farg‘ona viloyat ma’muriy sudining sudyasi.

Elmurodjon Ortiqov,

Farg‘ona tumanlararo ma’muriy sudining sudyasi