Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sud tizimida soddalashtirilgan tartibda ish yuritiladi
15:14 / 2021-06-21

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi «Adolat» SDP fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishida dastlab «O‘zbekiston Respublikasining Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risida»gi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi»gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.

Sudyalar hamjamiyati organi nufuzini oshirish, sudyalarga nisbatan ta’sir choralarini qo‘llash, sudyalarning vakolatini to‘xtatish va tugatishda xolislikni ta’minlash zarurdir. Shu maqsadda mazkur qonun loyihasi bilan Sudyalar oliy kengashida kollegial muhokamadan o‘tkazish orqali sudyalarni intizomiy javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi, shuningdek, ularni jinoiy va ma’muriy javobgarlikka tortish uchun rozilik berish haqidagi hamda yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, sudyalar o‘rtasida o‘zaro adolatni ta’minlash masalasini ko‘rib chiqish amalga oshirilishi belgilanmoqda.

Deputatlar ilk bor sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlash bo‘yicha imtihon jarayonlarini internet tarmog‘i orqali onlayn tarzda yoritib borish masalasi loyihada o‘z aksini topganligini e’tirof etishdi. Shuningdek, sudyalik lavozimiga nomzodlar va sudyalarning psixologik holati bo‘yicha kasbga munosibligini baholashga ko‘maklashuvchi elektron dasturni joriy etish, sudya faoliyatining samaradorligini elektron reyting orqali ochiq va shaffof baholashni ta’minlaydigan aniq mezonlarni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish belgilanmoqda.

Bu kabi muhim vazifalar qonun loyihasida o‘z aksini topayotganligi avvalo sohada qulayliklarni keltirib chiqarishi bilan birga, xodimlar faoliyatini to‘g‘ri baholashda inson omilining kamayishiga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Yig‘ilishda loyiha bilan Kengash a’zosining majburiyatlari aniq ko‘rsatilayotganligiga to‘xtalib o‘tildi. Xususan, Kengash a’zosi sud hokimiyatining mustaqilligi prinsipini ro‘yobga chiqarishda ishtirok etishi, sudyalik lavozimlariga nomzodlarni xolis o‘rganishi, sudya va sud apparati xodimlari orasida korrupsiya holatlarining oldini olish va barvaqt aniqlashda ishtirok etishi, ularning korrupsiya bilan bog‘liq harakatlari hamda sudyaning daxlsizligiga oid o‘ziga ma’lum bo‘lgan barcha axborotni Kengashga ma’lum qilishi, faoliyatida manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymasligi lozimligi belgilanmoqda.

Fraksiya yig‘ilishida, shuningdek, «O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida»gi qonun loyihasi ham ko‘rib chiqildi.

Mazkur xujjat loyihasi bilan Fuqarolik protsessual kodeksiga yangi institut joriy etilmoqda. Unga ko‘ra, soddalashtirilgan tartibda ish yuritish, agar da’voning bahosi yuridik shaxslarga nisbatan – bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan, yakka tartibdagi tadbirkorlarga nisbatan esa – o‘n baravaridan, fuqarolarga nisbatan esa – besh baravaridan oshmasa, da’vo arizalari bo‘yicha ishlar soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko‘rib chiqilishi lozimligi belgilanmoqda.

Eng asosiysi, soddalashtirilgan ish yuritish tartibidagi ish da’vo arizasini ish yuritishga qabul qilish va ish qo‘zg‘atish haqida ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran yigirma kundan oshmagan muddatda ko‘rib chiqilishi ko‘zda tutilmoqda.

Shuningdek, fraksiya a’zolari yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga fuqarolik ishlarida ishtirok etayotganda soddalashtirilgan tartibda ish yuritish imkoniyatni taqdim etish ularning qonuniy manfaatlarini sudlarda imkon qadar tezroq himoya qilishga yordam berishini alohida e’tirof etishdi.

bugungi kunda soddalashtirilgan tartibda ish yuritish instituti iqtisodiy sudlarga joriy etilganligi o‘zining ijobiy natijasini berdi. Tadbirkorlik sub’ektlarining, shu jumladan, yuridik shaxslarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari sudlarda ortiqcha vaqt va xarajatlar sarflanmasdan tezroq himoya qilinishiga erishilmoqda.

 

Nurillo Nasriyev, O‘zA