Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sud tizimida nafaqat sudyalar, balki sud xodimlarining ham o‘rni muhim
14:55 / 2022-05-17

Sud tizimi haqida so‘z ketsa, ko‘proq sudyalarni tushunamiz.

Lekin sud tizimi to‘laqonli ishlashi, fuqarolarga sifatli xizmat ko‘rsatishi uchun sohaning boshqa xodimlari, jumladan, devonxona mudirlari, arxiv ishi xodimlarining ham o‘z o‘rni bor.  

Ularning o‘z ishini puxta bilishi, malakali bo‘lishi sudga murojaat qilayotgan odamlarning ishlari tezroq bitishi, sud bilan bog‘liq hujjatlarni o‘z vaqtida olishida muhim ahamiyatga ega.  

Shu bois Sudyalar oliy maktabida nafaqat sudyalar tayyorlanadi, malakasi oshiriladi, balki sudlar apparati xodimlarining ham malakasini oshirish masalasiga jiddiy e’tibor qaratilmoqda.   

Sudyalar oliy maktabining alohida ish rejasiga muvofiq, sud arxivlari mudirlari hamda sudlar devonxona mudirlarining malakasini oshirishga qaratilgan o‘quv kurslari tashkil etildi.  

Darslarga Sudyalar oliy kengashi va Oliy sud mutaxassislari jalb qilindi.

Devonxona mudirlarining o‘qishlarida bugungi kunning dolzarb mavzusi – korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat siyosati, manfaatlar to‘qnashuvi, Oliy sud va quyi sudlardagi devonxona faoliyatiga oid ish yuritishning o‘zaro qiyosiy tahlili ko‘rib chiqildi. Ish samaradorligini oshirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar, sud devonxona faoliyatida ish yuritish yo‘riqnomasi bo‘yicha ish yuritishni to‘g‘ri tashkil etish masalalari kabi  mavzularda tushuntirishlar berildi.    

Arxiv mudirlari o‘quvlarida esa arxiv ishi va ish yuritish bo‘yicha qonun va qonunosti hujjatlari mohiyati tushuntirildi. Arxivga oid qabul qilingan ishlar va boshqa hujjatlarni axborot tizimida ro‘yxatga olish va elektron arxivni shakllantirish, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatining dolzarb masalalari hamda hujjatlarni idoraviy arxivlarda vaqtincha saqlash, davlat arxiviga topshirish va yo‘q qilish tartibi kabi  mavzularda ma’ruzalar  tashkil etildi.  

 O‘zA