French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sud tizimi: tayinlovlar va jazolar
11:20 / 2021-02-01

Sudyalar oliy kengashida sudyalik lavozimining birinchi va navbatdagi muddatiga, shuningdek vakolat muddatiga qayta tayinlash bo‘yicha ochiq tanlov o‘tkazildi.

Tayinlovga oid barcha jarayonlar zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida ochiqlik asosida o‘tdi.

Tanlov natijalariga ko‘ra, sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddati uchun hujjat topshirgan 18 nafar nomzodning 15 nafari sudyalik lavozimiga loyiq, deb topildi. Ikki nafar nomzod zaxirada qoldirilgan bo‘lsa, bir nafari nomunosib topildi.

Bundan tashqari, yetti nafar nomzodning navbatdagi o‘n yillik muddatga tayinlash masalasini ko‘rib chiqqan kengash a’zolari ularning olti nafariga ishonch bildirdi, bir nafari zaxiraga qoldirildi.

Sudyalik vakolat muddati davriga qayta tayinlash bo‘yicha besh nafar nomzodning to‘rt nafari tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tdi.

Shuningdek, Sudyalar oliy kengashi qarori bilan bir nafar sudyaning vakolati muddatidan ilgari tugatildi, olti nafar sudyani intizomiy javobgarlikka tortishga rozilik berildi.

Eslatib o‘tamiz, sudyalarga nisbatan intizomiy jazo choralari (Sudyalar oliy kengashi roziligidan so‘ng) tegishli malaka hay’atlari tomonidan qo‘llaniladi.

Muattar Burhonova, O‘zA