Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sud qarorlari va notarial harakatlar: ijro va mas’uliyat
11:31 / 2022-05-19

Sud tizimini demokratlashtirish, sudlar faoliyati shaffofligini ta’minlash, aholi bilan muloqotni kengaytirish va odil sudlovni amalga oshirishda jamoatchilik rolini kuchaytirishga qaratilgan ishlar amalga oshirilmoqda.

Fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlarining buzilgan huquqlarini himoya qilishda sudlarning, ayniqsa ma’muriy sudlarning roli kuchaytirilmoqda. 

Jamiyatda ma’muriy sudlarga bo‘lgan ishonchni yanada oshirish uchun esa davlat organlari tomonidan sud qarorlari ijro etilishi ustidan nazoratning ta’sirchan mexanizmlarini joriy etish talab etiladi. 

Shu maqsadda davlatimiz rahbarining 2022 yil 29 yanvarda “Davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlari huquqlarining samarali himoya etilishini ta’minlash hamda aholining sudlarga bo‘lgan ishonchini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. 

Qarorda ma’muriy sudlarning ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlar bo‘yicha hal qiluv qarorlari davlat organlari yoki tashkilotlari tomonidan ijro qilinmagan taqdirda, ularning mansabdor shaxslariga nisbatan sud jarimalarini qo‘llash kabi yangi me’yorlar belgilandi. 

Mazkur qarorda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi, uning huzuridagi Sudyalar oliy maktabi hamda Oliy sud hamkorligida ma’muriy sudlar faoliyati va ularning jamiyatda qonuniylikni ta’minlashdagi roli mavzusida turkum seminar-treninglar o‘tkazilmoqda. 

Toshkent shahrida ushbu seminar-treninglarning navbatdagi raundi bo‘lib o‘tdi. 

Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlar ma’muriy sudlar sudyalari va Notarial palata hamda notarial idoralar xodimlari  onlayn ishtirok etdi. 

Seminar-treningda tajribali sudyalar va mutaxassislar tomonidan notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan nizolarni sudda ko‘rish amaliyoti, shuningdek notariusning harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi ishlarni sudda ko‘rishning o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘liq masala va muammolar qizg‘in muhokama etildi. 

Seminar-trening yakunida bu boradagi qonunchilikni yanada takomillashtirishga qaratilgan amaliy taklif-mulohazalar bildirildi. 

N.Abduraimova,  O‘zA