Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sud qarorlari ijrosini ta’minlash dolzarb vazifa
09:45 / 2025-11-24

Majburiy ijro byurosining Navoiy viloyati boshqarmasi va viloyat sudi hamkorligida sud qarorlarini o‘z vaqtida ijrosini ta’minlash samaradorligini yanada oshirish yuzasidan o‘quv seminari tashkil etildi.

Tadbir davomida sud hujjatlari asosida chiqarilgan ijro hujjatlarining ijro etilishi ahvoli, mavjud muammolar, ularni bartaraf etish choralari haqida to‘xtalib o‘tildi.

Shuningdek, sud organlari tomonidan ijro hujjatlarini rasmiylashtirish va uni elektron ma’lumotlar bazasida hududiy Byuro organlariga yuborishdagi ayrim tushunmovchiliklarga oydinlik kiritilib, mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Bundan tashqari, sud hujjatlarini o‘z vaqtida ijroga qaratish, qoldiqdagi ijro hujjatlarini Byuroning hududiy tuman-shahar bo‘limlari bilan hamkorlikda keskin kamaytirish masalalari muhokama qilinib, tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri