Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sud qarorining ijrosi ta’minlandi
17:29 / 2026-01-27

Sirdaryo tumanida jinoyat ishlari bo‘yicha sudning qonuniy kuchga kirgan hukmining ijrosi to‘liq ta’minlandi. Elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish orqali “Hududiy elektr tarmoqlari” korxonasiga yetkazilgan 41 million 455 ming so‘m moddiy zarar qarzdordan undirilib, korxona hisob raqamiga o‘tkazib berildi.

Ushbu ijro harakatlari jinoyat ishlari bo‘yicha Sirdaryo tuman sudining ijro hujjati asosida Majburiy ijro byurosining Sirdaryo tuman bo‘limi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshirildi. Ijro jarayonida qarzdorga yetkazilgan zararni ixtiyoriy ravishda qoplash imkoniyati berilgan bo‘lsa-da, belgilangan muddatda qarzdorlik bartaraf etilmagan.

Natijada sud hukmi o‘zgartirilib, qarzdorga nisbatan jazo chorasi kuchaytirildi hamda ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Qat’iy huquqiy ta’sir choralari qo‘llanilishi orqali moddiy zarar to‘liq undirilishiga erishildi.

Shuningdek, sud ijro hujjatini o‘z vaqtida bajarmagani uchun qarzdordan qonun talablariga muvofiq ravishda 2 million 100 ming so‘m miqdorida ijro yig‘imi ham undirildi.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri