Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sud qarorini bajarmaslik javobgarlikni keltirib chiqaradi
13:04 / 2023-05-16

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudining 2022 yil 12 maydagi ijro varaqasiga asosan, qarzdor A.Salimovga Toshkent shahar Yunusobod tumani, “Beg‘ubor” mahalla fuqarolar yig‘inidagi tegishli uylarning birida idoralarning ruxsatini olmasdan qurilgan 100,0 kv.m. yer maydonidagi noqonuniy qurilma (savdo do‘koni)larni buzib tashlash va yer maydonini avvalgi holatga keltirish majburiyatini yuklash belgilangan.

Qarzdor A.Salimovga noqonuniy qurilmani buzish bo‘yicha berilgan 15 kunlik ixtiyoriy ijro qilish muddatida bajarmaganligi sababli 27 sentyabrda davlat ijrochisining jarima solish to‘g‘risidagi qarori bilan eng kam oylik ish haqining 5 baravari miqdorida ma’muriy jazosi qo‘llangan.  

Shundan so‘ng, A.O.Salimov davlat ijrochisining rasmiy xatiga asosan, ma’muriy jarima qo‘llanilganidan keyin 15 kunlik muddat ichida ham yuqorida ko‘rsatilgan noqonuniy qurilmani buzmasa, O‘zbekiston Respublikasi JKning 232-moddasiga asosan jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida rasman ogohlantirilgan. Shunga qaramay, A.Salimov majburiyatni bajarishdan qasddan bo‘yin tovlab kelgan.  

Mazkur holat yuzasidan Majburiy ijro byurosining Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan A.O.Salimovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 232-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudining 2023 yil 3 fevraldagi hukmiga ko‘ra, A.Salimov JKning 232-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga ish haqining 30 foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda ikki yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan.  

 

Abduhamid Mannanov,  

Bosh prokuratura huzuridagi  

Majburiy ijro byurosi bo‘lim boshlig‘i