Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sud qarori asosida qiz otasining uyiga kiritib qo‘yildi
18:43 / 2023-08-18

Ota-ona vafotidan so‘ng qarindoshlar o‘rtasida yuzaga keladigan mol-mulk mojarosi ko‘ngilni xira qilishi, qarindoshlar o‘rtasiga sovuqchilik tushirishi tabiiy.

Bu holat o‘zaro hal qilinmagach, yakuniy qarorni sud chiqaradi. K.Rajabova otasi vafotidan uch kun o‘tmay ammasi tomonidan ota uyiga sig‘dirilmay, ikki nafar bolasi bilan ko‘chaga haydaldi.  

Bir necha marotaba urinmasin, hech kim yashamayotgan, qarovsiz  mazkur uyga u kira olmadi. Shu sababli ayol  ishni sud tartibida hal qilishga urindi.  

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qarshi tumanlararo sudi da’vogar K.Rajabovani Qarshi shahar Xitoy ko‘chasi, 9-uyga majburiy tartibda kiritib qo‘yish haqida qaror chiqardi.  

Sudga oid ijro hujjati Majburiy ijro byurosining Qarshi shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushgach, ijro harakatlariga kirishilgan.

Ijro hujjatida ko‘rsatilgan talablar ijrosi yuzasidan javobgarlar bir necha marotaba ogohlantirilishiga qaramasdan ular sud qarori ijrosini ixtiyoriy bajarishdan bo‘yin tovlab kelgan.

Shu sababli mazkur sud qarori ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 15 avgust kuni uy-joyga majburiy tartibda kiritib qo‘yish yuzasidan majburiy ijro harakati tayinlandi.  

Javobgarlar dastlab ijro harakatlariga qarshilik ko‘rsatgan vaziyatda ham davlat ijrochisi o‘z xizmat vazifasini bajarishda davom etdi. Mas’ul tashkilotlar va xolislar ishtirokida da’vogar K.Rajabova ota uyiga kiritib qo‘yildi.

 

O‘zA