English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sud jarayonlari qanday yoritilishi kerak?
10:53 / 2021-01-26

Bu haqda bilimingiz yetarli bo‘lmasa, onlayn o‘qib malakangizni oshirishingiz mumkin.

Sud jarayonlarini ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlarda yoritishning o‘ziga xos jihatlari bor. Biroq amaliyotda ushbu masalada qator tushunmovchiliklar ko‘zga tashlanmoqda. Bu esa huquqiy hujjatlarni keng tushuntirish zaruratini ko‘rsatdi.  

Shundan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tomonidan Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan hamkorlikda jurnalist va blogerlar uchun “Sud mustaqilligi va so‘z erkinligi: sud protsesslarini yoritishning o‘ziga xos jihatlari hamda bu borada amaldagi qonunchilik talablari” mavzuida seminar tashkil etildi.  

Sudyalar oliy maktabida bevosita va bilvosita (onlayn) tarzda tashkil etilgan o‘quv mashg‘ulotlarida taniqli huquqshunoslar, tajribali jurnalistlar va media-ekspertlar ma’ruzalari bilan ishtirok etmoqda.  

E’tiborlisi, ikki hafta davomida dushanba, chorshanba va juma kunlari tashkil etiladigan mashg‘ulotlar bepul va unda ishtirok etish chegaralanmagan.

Muattar Burhonova, O‘zA