Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sud ishini yuritishda xalqaro hujjatlarning ahamiyati
05:04 / 2022-03-03

Andijon viloyati sudida Sudyalar oliy maktabi vakillari tomonidan “Xalqaro huquq va inson huquqlari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Xalqaro yuristlar komissiyasi tashkilotining ekspertlari hamkorligida o‘tkazilgan muloqotda hududda faoliyat ko‘rsatayotgan sudyalar va sud xodimlari bilan odil sudlovni ta’minlashga hamda inson huquqlari sohasiga oid Konvensiyalar va xalqaro hujjatlarning ahamiyati va amaliyotda qo‘llanilishi yuzasidan fikr almashildi. Inson haq-huquqlarini, adolat va qonun ustuvorligini ta’minlash, jumladan, turli mamlakat fuqarolari bilan bog‘liq nizolarda Konvensiya hamda xalqaro hujjatlarning o‘rni muhim.  

[gallery-5963]
Xususan, sudlov jarayonida Minsk shahrida imzolangan “Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar to‘g‘risida” gi, Kishinyov shahrida imzolangan “Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar to‘g‘risida” gi, “Bola huquqlari to‘g‘risida” gi Konvensiyalar, “Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi” hamda ikki tomonlama davlatlararo kelishuvlarga murojaat qilishga to‘g‘ri keladi. 
Davra suhbatida yuqorida qayd etilgan xalqaro hujjatlar, Minsk hamda Kishinyov Konvensiyalarining farqi, qanday holatlarda aynan qaysi Konvensiyaga asoslangan holda sud ishini yuritish masalalari xususida tushuntirishlar berildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida” gi qonuni xalqaro huquq normalari bilan hamohangligiga alohida urg‘u berildi.  
Jumladan, “Gender huquqi masalalari. Xalqaro standartlar va xorijiy tajriba” mavzusida ma’ruzalar, bu borada sudyalarning fikr-mulohazalari tinglandi. Sudyalar oliy kengashi bilan hamkorlikda tayyorlangan “Xalqaro huquq normalarining sudlar tomonidan qo‘llanilishi” nomli amaliy-uslubiy qo‘llanmaning mazmun-mohiyati haqida ham ma’lumotlar berildi. Sud amaliyotida yuzaga keladigan savollarga atroflicha javob berilgan mazkur qo‘llanma sudyalarning bilim, malaka va tajribasini oshirishga yordam berishi alohida qayd etildi.  
Davra suhbati ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga ekspertlardan batafsil javoblar oldi.  
 

F. UBAYDULLAEV,  
Z. UMRZOQOV surat