Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sud-huquq islohoti: “Inson qadri uchun”
09:51 / 2023-01-26

Davlat va jamiyat rivojida fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish, sud hokimiyati mustaqilligini ta’minlash, odil sudlovga erishish, qonuniylikni mustahkamlash, korrupsiyaga qarshi samarali kurashish muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekistonda barcha sohalar qatori bu yo‘nalishda ham keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Mazkur jarayonlarda odil sudlovni ta’minlash, sud idorasiga kelgan har bir insoning muammosiga adolatli yechim topishga e’tibor qaratilmoqda.

Joriy yilning 16 yanvar kuni Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan “Odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish va sudlar faoliyati samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hamda “Odil sudlov faoliyatini amalga oshirishni samarali tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonlar 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, sudlar faoliyati samaradorligi va odil sudlov sifatini oshirishda muhim qadam bo‘ldi.  

Ushbu hujjatlarga muvofiq, sud tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishning qisqa muddatli Strategiyasi va uni amalga oshirish bo‘yicha Harakatlar dasturi tasdiqlandi. Strategiya doirasida odil sudlovni ta’minlashning ustuvor vazifalari etib “Inson qadri uchun” g‘oyasi asosida chinakam adolatli sud tizimini shakllantirish, uning faoliyatini xalq manfaati va inson qadr-qimmatini samarali himoya qilishga yo‘naltirish belgilandi. Bu nima degani?  

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev xalq manfaatini har narsadan ustun qo‘yib, yurtimizda xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishini belgilab berdi. Mazkur tamoyil bugun barcha sohalarda o‘z tasdig‘ini topib, aholining huquq va manfaatlari ta’minlanmoqda. yni jihatdan, mazkur farmon bilan adolatli sud tizimini shakllantirish sudlarda xalq manfaati va inson qadr-qimmatini samarali himoya qilish orqali amalga oshirilishi belgilab qo‘yildi.  

Bu ikki muhim hujjat bilan sud ishlarini yuritishda tortishuv va taraflarning tengligi tamoyillarini to‘laqonli ro‘yobga chiqarish, sudlar xolisligini amalda ta’minlashga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish, sudlar faoliyatini to‘liq raqamlashtirish, sud majlislarida masofadan turib ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirish, sudyalar mustaqilligi va daxlsizligi kafolatlarini kuchaytirish, sud qarorlarining qat’iy ijrosini ta’minlash, bu borada davlat organlari va mahalliy hokimliklarning mas’uliyatini oshirish, sudyalar va sud xodimlarida yuksak muomala madaniyatini shakllantirish orqali sudga murojaat qilgan har bir fuqaro va tadbirkorda suddan, davlatdan rozilik hissini uyg‘otish belgilab qo‘yildi.

Farmonda sudyalarning chinakam mustaqilligini ta’minlash maqsadida ularning ishiga har qanday aralashuv qat’iy jazolanishi, sudyalarning xavotirsiz ishlashi uchun davlat tomonidan barcha sharoitlar yaratilishi qayd etildi. Bu bejiz emas, albatta. Ayrim holatlarda sud tomonidan chiqarilgan qarordan norozi bo‘lib, turli ko‘rinishda tazyiq o‘tkazish, sud chaqiruviga ko‘ra sud protsesslariga qasddan kelmaslik, sudyani jamoatchilik oldida obro‘sizlantirish holatlari uchrab turibdi.  

Hujjatlar Yangi O‘zbekistonda islohotlarning dolzarb bo‘g‘ini bo‘lgan sud-huquq tizimini isloh qilish, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasidagi muhim qadam bo‘ldi.  

 

Alisher Usmonov,

Namangan viloyati sudining raisi.

O‘zA