Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sud hujjatlari ijrosi nazoratda
12:05 / 2024-10-16

Qashqadaryo viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan MIB viloyat boshqarmasi mas’ullari, tuman (shahar) bo‘limlari boshliqlari va davlat ijrochilari hamda jinoyat ishlari bo‘yicha sudyalar ishtirokida sud hujjatlari ijrosiga bag‘ishlangan videokonferensaloqa tarzida seminar tashkil etildi.

Seminarda sud hujjatlari ijrosini samarali ta’minlash borasida amaliyotda yuzaga kelayotgan muammolar o‘rganildi. So‘z olganlar mavjud muammolarning yechimi, sud hujjatlari ijrosini ta’minlashda hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. 

Shuningdek, qoldiqda turgan sud qarorlari tahlil qilinib, har bir sud qarorlarining o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi. 

Seminar davomida ishtirokchilar sud qarorlari ijrosida yuzaga kelayotgan mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli takliflarini bildirib, kelgusidagi vazifalar belgilab olindi. 

O‘lmas Barotov, O‘zA muxbiri