Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sud faxriysiga ehtirom ko‘rsatildi
19:22 / 2025-11-01

Namanganda sud tizimida uzoq yillar samarali faoliyat olib borgan soha faxriylarini e’zozlash, ularning boy tajribalarini o‘rganish ezgu an’anaga aylangan. Viloyat sudida tashkil etilgan navbatdagi ana shunday tadbirga sud faxriysi G‘ozixon Yahyoxo‘jayev taklif etildi.

Mehnat faxriylarining bosib o‘tgan hayot yo‘llari yoshlar uchun ibrat maktabidir.  Ustoz G‘ozixon Yahyoxo‘jayev o‘z hayotiy tajribalari haqida gapirar ekan, tizimda ishlovchi har bir sudya va xodim odil sudlovni qaror toptirish, sud mustaqilligini ta’minlashda yuksak mas’uliyat, halol-poklik bilan faoliyat yuritishi kerakligini ta’kidladi. Bunda esa ta’magirlik, korrupsiya kabi illatlarga qo‘l urmaslik muhim ekanligi aytib o‘tildi.

Xalqimizda “Mehnat qilgan elda aziz”, degan purma’no hikmat bor. O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi vasiylik kengashining qaroriga ko‘ra, bir qator sud tizimi faxriylari birinchi darajali “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan edi. Ular orasida sud faxriysi G‘ozixon Yaxyoxo‘jayev ham mazkur mukofotga loyiq ko‘rildi. “Uch avlod uchrashuvi”da sobiq sudyaga ushbu nishon tantanali tarzda taqdim etilib, ezgu tilaklar bildirildi.

Tadbir yakunida davlat xizmatchisi qanday bo‘lishi lozimligi hamda korrupsiyaning ayanchli oqibatlari aks etgan videolavha namoyish etilib, tizim xodimlari yana bir karra ogohlikka chaqirildi.

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA