Sud faxriylari yoshlar bilan uchrashdi
Andijon davlat universitetida O‘zbekiston Sudyalari assotsiatsiyasi viloyat filiali tashabbusi bilan 9 may – Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlab “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi.
Tadbirga soha faxriylari, sudyalar, oliy o‘quv yurti talabalari hamda yuridik texnikum o‘quvchilari taklif etildi.
Uchrashuvda viloyat sudi raisi T. Meliboyev, viloyat ma’muriy sudi raisi M. Salimov, Assotsiatsiya viloyat filiali raisi A. Dadaxonov, soha faxriylari O. Nasriddinova, A. Turg‘unovlar yoshlarni sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash hamda odil sudlovni amalga oshirish borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishtirdi.
[gallery-11791]
Muloqot davomida faxriylar sudyalik faoliyati bilan bog‘liq ibratli ishlar haqida so‘zlab, yoshlarni qiziqtirgan savollariga batafsil javob qaytardi.
Zuhriddin UMURZOQOV(surat),O‘zA