Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishning asosiy maqsadlari belgilandi
10:12 / 2025-09-09

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Sud-ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish va sohaga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq, quyidagilar sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishning asosiy maqsadlari etib belgilandi: 

a) sud-ekspertlik faoliyatini raqamlashtirish va sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish orqali tadqiqotlarning tezkorligi, xolisligi va to‘liqligini ta’minlash; 

b) sud-ekspertiza tashkilotlari va ekspertiza tayinlovchi organlarning axborot tizimlarini o‘zaro integratsiya qilish orqali sohada elektron hujjatlar almashinuvi hajmini 100 foizga yetkazish; 

v) sud-tergov organlarining mavjud ehtiyojlaridan kelib chiqib, davlat sud-ekspertiza muassasalarida o‘tkaziladigan ekspertiza turlari sonini 90 taga yetkazish hamda ularning hududiy bo‘limlaridagi ekspertizalar sonini 2 barobarga ko‘paytirish; 

g) nodavlat sud-ekspertiza instituti rolini yanada oshirish va ular faoliyatiga har tomonlama ko‘maklashish orqali ekspertiza tadqiqotlarini o‘tkazishdagi ulushini 5 barobarga oshirish;

d) davlat sud-ekspertiza muassasalarining akkreditatsiyadan o‘tkazilgan laboratoriya va bo‘limlari sonini 4 barobarga oshirish.

Qarorga ko‘ra, sud-ekspertiza muassasalari va ularning hududiy bo‘linmalarida hamda nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarida: 

a) sudlar, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov va ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga vakolati bo‘lgan organlar bilan elektron hujjatlar almashinuvini ta’minlashga mo‘ljallangan "E-ekspertiza" elektron axborot tizimi sud-ekspertiza tashkilotlari faoliyatiga to‘liq joriy etiladi; 

b) "E-ekspertiza" platformasini ekspertiza tayinlovchi organlarning axborot tizimlari bilan to‘liq integratsiya qilish orqali ekspertiza tayinlovchi organlar va sud-ekspertiza tashkilotlari o‘rtasida o‘zaro elektron axborot almashinuvi yo‘lga qo‘yiladi; 

v) sud-ekspertlik faoliyatiga sun’iy intellekt texnologiyalari bosqichma-bosqich joriy qilinadi. 

"E-ekspertiza" platformasi va ekspertiza tayinlovchi organlarning axborot tizimlari o‘rtasida o‘zaro elektron axborot almashinuvi quyidagi bosqichlarda yo‘lga qo‘yiladi: 

a) 2026 yil 1 yanvardan boshlab respublika darajasidagi ekspertiza tayinlovchi organlarda;

b) 2026 yil 1 iyundan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri darajasidagi ekspertiza tayinlovchi organlarda; 

v) 2026 yil 1 sentyabrdan boshlab tuman (shahar) darajasidagi ekspertiza tayinlovchi organlarda.

O‘zA