Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sud ekspertlari uchun baholash qoida va tartiblari belgilanmoqda
10:43 / 2024-02-03

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi tomonidan Adliya vazirligi huzuridagi Xadicha Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazida “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi Qonunni qo‘llashning amaldagi tartibi, shuningdek, sud ekspertlarining baholash yo‘nalishidagi faoliyati o‘rganildi.

Bu haqda parlament quyi palatasining axborot xizmati O‘zAga ma’lum qildi.  

Dastlab deputatlar markazdagi ekspertiza laboratoriyalari va ulardagi zamonaviy texnik vositalar imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdi.

Shundan so‘ng qo‘mita tomonidan ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqish uchun tayyorlanayotgan “Baholash faoliyati yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi muhokamasi yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.  

Qayd etilganidek, ushbu qonun loyihasi bilan sohaga oid qonunlarda sud ekspertlari va baholovchi tashkilotlar uchun umumiy baholash qoidalari, mezon va tartiblarni belgilash nazarda tutilmoqda. Qonun loyihasining qabul qilinishi baholash to‘g‘risidagi hisobotlarning ishonchliligini tekshirishda muammolarni bartaraf qilish hamda fuqarolarning ortiqcha xarajatlarini kamaytirishga xizmat qiladi.

Deputatlar qonun loyihasi yuzasidan bir qator takliflarni ilgari surdi.  

Loyihadagi ayrim normalar bo‘yicha o‘rinli savollar ko‘tarildi. Muhokamalar davomida berilgan barcha takliflar chuqur tahlil qilinib, ularning aksariyati loyiha matnida o‘z ifodasini topadigan bo‘ldi.

M.Komilova, O‘zA