Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sud-ekspertiza sohasida hujjatlar almashinuvi “E-ekspertiza” platformasi orqali amalga oshiriladi
16:06 / 2025-09-10

Davlatimiz rahbarining “Sud-ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish va sohaga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Mazkur qaror sud-ekspertlik tizimini rivojlantirishda muhim qadam bo‘ldi. Xususan, Sud-tergov organlari hamda sud-ekspertiza tashkilotlari o‘rtasida hujjatlar almashinuvi “E-ekspertiza” platformasi orqali bosqichma-bosqich elektron shaklda amalga oshirilishi belgilandi. 

Ushbu tizimning yo‘lga qo‘yilishi natijasida tadqiqotlar o‘tkazish muddati 8-15 kunga qisqaradi hamda yiliga 9-10 milliard  so‘m mablag‘ tejaladi. 

Adliya vazirligi tomonidan Xadicha Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazida o‘tkazilgan matbuot anjumanida shu haqda so‘z yuritildi. 

Advokatlarga ma’muriy huquqbuzarlikka doir ishlarni yuritishda shartnomaga muvofiq advokat so‘rovi asosida ekspertiza o‘tkazish huquqi berildi. 

Bundan tashqari, qaror bilan hududlarda o‘tkaziladigan ekspertizalar turlarini ko‘paytirish orqali nomarkazlashtirish masalasi hal etildi.  

Tadbir davomida ishtirokchilar markaz faoliyati bilan  yaqindan tanishdi. 

Amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, markazda tashkil etilgan muzey hamda laboratoriyalar, bo‘limlar faoliyati, yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishuv ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. 

N.Abduraimova,

O‘zA