Sirdaryo viloyat sudida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 16-17-18-19-sonli qarorlarining mazmun-mohiyatini tushuntirish bo‘yicha seminar o‘tkazildi.
Seminarda Oliy sud sudyalari, Sirdaryo viloyat sudining jinoyat, fuqarolik va iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati sudyalari, tuman, shahar, tumanlararo sudi raislari hamda viloyat ma’muriy sudi sudyalari ishtirok etdi.
Tadbirda asosiy e’tibor “O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Odil sudlovni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi normalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida” gi hamda “Intellektual mulkka oid ishlarni ko‘rib chiqishning ayrim masalalari to‘g‘risida” gi, “Reabilitatsiya etilgan shaxsga yetkazilgan ziyonni qoplash va uning boshqa huquqlarini tiklash bo‘yicha sud amaliyotining ayrim masalalari to‘g‘risida” gi, “Firibgarlikka oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida” gi qarorlarini amaliyotda qo‘llash masalasiga qaratildi.
Seminar ma’ruzalardan xoli, o‘zaro savol-javob tarzida tashkil etilgan mazkur Plenum qarorlarining mazmun-mohiyati, uni amalda qo‘llash borasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan masalalar muhokama qilindi.
Shuhrat Suyarov, O‘zA