English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sud amaliyotidagi nizolar muhokama etildi
14:26 / 2022-05-07

Toshkent shahar ma’muriy sudida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 29 yanvardagi “Davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlari huquqlarining samarali himoya etilishini ta’minlash hamda aholining sudlarga bo‘lgan ishonchini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida davlat hokimiyati va boshqaruvi, mahalliy ijro hokimiyati organlari xodimlarini ma’muriy sudlar faoliyati va ularning jamiyatda qonuniylikni ta’minlashdagi roliga bag‘ishlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi, uning huzuridagi Sudyalar oliy maktabi hamda Oliy sud hamkorligida tashkil etilgan seminar-treningda ma’muriy sudlarning tashkil etilishi, o‘ziga xos xususiyatlari, ular tomonidan ko‘rib chiqiladigan nizolar batafsil muhokama qilindi.

Kadastr agentliklari faoliyati bilan bog‘liq nizolarni ko‘rib chiqishdagi sud amaliyoti va unda vujudga kelayotgan muammolar hamda bu boradagi qonunchilik va amaliyot ba’zi o‘rinlarda uyg‘un kelmayotgan holatlarga mutaxassislar alohida e’tibor qaratdi. Ayniqsa, yerlarni ajratib berish bo‘yicha qonunchilikka zid tarzda chiqarilgan hokim qarorini bekor qilish nuqtai-nazaridan kadastr agentligining sudga kiritilgan da’vo arizalarini ko‘rib chiqish borasidagi amaliyot ishtirokchilar tomonidan qizg‘in muhokama qilindi.

Mavjud muammolardan kelib chiqib, sudyalar va davlat kadastr agentliklari mutaxassislari bularning yechimi bilan bog‘liq taklif-mulohazalarini bildirdi.

Seminar-treningda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlar ma’muriy sudlar sudyalari va kadastr organlari xodimlari onlayn tarzda ishtirok etib, fikr bildirdi.

O‘zA