Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sud ajrimi ijro etildi: Kitob tumanida 57 turdagi maishiy buyumlar egasiga qaytarildi
21:09 / 2025-12-29

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shaxrisabz tumanlararo sudining 2025 yil 12 sentyabrdagi ajrimiga asosan fuqaro G.A.ning da’vosi qanoatlantirilib, javobgar M.B. tomonidan noqonuniy ushlab turilgan shaxsiy mol-mulklarni da’vogarga qaytarib berish belgilangan edi.

Mazkur ijro hujjati Majburiy ijro byurosining Kitob tuman bo‘limi ish yurituviga qabul qilinib, davlat ijrochilari tomonidan qonun talablariga muvofiq tezkor va qat’iy ijro harakatlari amalga oshirildi.

Sud ajrimiga asosan javobgarning Kitob tumanida joylashgan yashash manzilida ijro harakatlari o‘tkazildi. Ijro jarayonida da’vogarga tegishli bo‘lgan mikrovolnovka, muzlatgich, kir yuvish mashinasi, televizor, gaz plitasi, idish-tovoqlar, gilamlar, mebel jihozlari, zargarlik buyumlari va boshqa jami 57 turdagi maishiy va shaxsiy mol-mulklar xatlanib, belgilangan tartibda undiruvchiga qaytarib berildi.

Tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirilgan ijro tadbirlari natijasida nizoli holat tinch yo‘l bilan hal etildi.

Davlat ijrochilari fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, sud qarorlarining o‘z vaqtida va to‘liq ijro etilishini ta’minlash borasida doimiy ravishda faoliyat olib bormoqda.

Hamroz Bayanov, O‘zA