Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Subsidiyalar uchun manzilli dastur shakllanmoqda
18:52 / 2020-08-14

Ayni vaqtda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari hududiy roʻyxat asosida manzilli dastur shakllantirmoqda.


Vazirlar Mahkamasining joriy yilning 30-iyulida qabul qilingan “Suv taʼminoti ogʻir hududlardagi aholi tomorqalari, dehqon xoʻjaliklari hamda qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yer maydonlarini sugʻorishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi qarori suv taʼminoti ogʻir hududlardagi aholi tomorqalari hamda qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yer maydonlarini sugʻorish uchun artezian quduqlarini qazishga davlat byudjeti hisobidan subsidiya ajratishda xizmat qilmoqda.

Kengash matbuot xizmatidan OʻzAga maʼlum qilishlari mazkur qaror bilan qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan har bir gektar yerni foydalanishga kiritish bilan bogʻliq xarajatlarning 50 foizi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 50 barovaridan oshmagan miqdorda subsidiyalar beriladi. Aholi tomorqa yerini sugʻorish uchun chuqurligi 10 metrdan ortiq boʻlgan har bir vertikal sugʻorish qudugʻini burgʻulash va ishga tushirish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplashga quduqning har bir metr chuqurligi uchun 100 ming soʻmdan, kamida 30 ta aholi tomorqa yerlarini sugʻorish uchun vertikal sugʻorish quduqlarini burgʻulash va ishga tushirish bilan bogʻliq xarajatlarning 70 foizi, biroq 120 million soʻmdan oshmaga qismi qoplanadi.

U bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-fevraldagi qarori bilan tasdiqlangan “Qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yerlarni foydalanishga kiritishda irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom” ga bir qator oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. 

Unga koʻra, “Loyiha tashabbuskorlarining yerlarni foydalanishga kiritishda irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bilan bogʻliq xarajatlarini davlat byudjetidan qoplash sxemasi” va “Talabgorlarning suv taʼminoti ogʻir hududlardagi aholi tomorqalari va qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yer maydonlarini sugʻorish uchun vertikal sugʻorish quduqlarini burgʻulash va ishga tushirish bilan bogʻliq xarajatlarining bir qismini davlat tomonidan qoplash sxemasi” tasdiqlangan.

Qayd etish kerakki, subsidiyalar Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi Suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda tasdiqlanadigan roʻyxatga asosan 2020-2021-yillarda Inqirozga qarshi kurash jamgʻarmasi hisobidan ajratiladi. 2022-yildan boshlab esa Fermer, dehqon xoʻjaligi va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.

Ayni vaqtda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari hududiy roʻyxat asosida manzilli dastur shakllantirmoqda.