Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Subsidiya oluvchi tashkilotlarning hisobotlari eshitildi
16:53 / 2025-12-19

Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Majlisda davlat subsidiyasini oluvchi tashkilotlarning 2025 yil faoliyati yakuni bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusi 2026 yilga mo‘ljallangan faoliyatining maqsadli ko‘rsatkichlari yuzasidan hisobotlari eshitildi.  

Hisobotlarda ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi, belgilangan loyihalar ijrosi, erishilgan natijalar hamda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qay darajada hissa qo‘shilayotgani kabi masalalar atroflicha tahlil qilindi.

Muhokamalarda Parlament komissiyasi a’zolari tomonidan 2025 yilda amalga oshirilgan ishlar hisobotlari yuzasidan savol-javoblar o‘tkazilib, mavjud kamchilik va muammolar bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi. Shuningdek, kelgusi 2026 yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar, mavjud muammolarni bartaraf etish va faoliyat samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Muhtarama Komilova, O‘zA