Olotda bir nechta insonlarga subsidiya asosida uy olib berish uchun tamagirlik qilgan ayol qo‘lga olindi. Bu haqida Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi JQB xodimlari tomonidan boshqa huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Natijada Qorako‘l tumani “Do‘rman” mahallasida yashovchi 1986 yilda tug‘ilgan fuqaro H.D. ismli ayol boshqa bir ayolni aldab, komissiya a’zolariga pora berish orqali, unga uy olishda subsidiya ajratib berish evaziga oldindan 200 AQSH dollari oladi. Keyinchalik yana 100 AQSH dollari talab qilib, 2023 yil 14 may kuni taxminan soat 15:30 larda Qorako‘l tumanidagi Dehqon bozori oldida ushbu 100 AQSH dollarini olgan vaqtida jinoyat ustida ushlanadi.
Bundan tashqari, o‘tkazilgan tergovga qadar tekshirish jarayonida, gumon qilinuvchi fuqaro H.D. jabrlanuvchiga muqaddam undan olgan 200 AQSH dollaridan 2.000.000 so‘mini qaytargan holat ham tegishli tartibda hujjatlashtirilgan.
Shuningdek, gumon qilinuvchi fuqaro H.D. ning yana boshqa bir necha fuqarolar Z.A. dan xuddi shu sabab bilan 300 AQSH dollari, K.Q. dan 300 AQSH dollari, O.S. dan 300 AQSH dollari hamda M.X. dan 2,5 million so‘m olganligi ham o‘z tasdig‘ini topadi.
Shunday qilib, gumon qilinuvchi fuqaro H.D. jami 5 nafar fuqarolarning ishonchiga kirib, ularni aldab, pora berishga dalolat qilib, umumiy hisobda 1.200 AQSH dollari va 2,5 million so‘m pullarni qo‘lga kiritgan.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro H.D. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, uning yana xuddi shu kabi jinoyatlarga aloqador bo‘lishi mumkinligini aniqlashga qaratilgan tezkor surishtiruv hamda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Zarif Komilov, O‘zA