Subsidiya mablag‘ini talon-toroj qilgan korxona rahbari aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxtako‘pir tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, subsidiya mablag‘ini talon-toroj qilgan korxona rahbari aniqlandi.
Jumladan, “SH.B.” mas’uliyati cheklangan jamiyati mansabdor shaxslari tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazida ishsiz sifatida ro‘yxatga olingan va subsidiya ajratish haqida murojaat qilgan 16 nafar fuqaroga issiqxona qurib berish uchun hisob-raqamiga o‘tkazib berilgan 89 million so‘mni kredit qarzdorligini so‘ndirishga hamda mas’uliyati cheklangan jamiyatining savdo do‘konini qurishga sarflab, talon-toroj qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 207-moddasi (mansabga sovuqqonlik bilan qarash) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Dovud Abibullayev, O‘zA