Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Suares La liga tarixiga kirdi
10:06 / 2021-02-09

Ispaniya chempionatining 22-turidan o‘rin olgan “Atletiko” va “Selta” uchrashuvi 2:2 hisobida yakunlanganidan xabaringiz bor.

Ushbu o‘yinda “Atletiko”ning har ikki goliga mualliflik qilgan Luis Suares La liga tarixiga kirdi. Gap shundaki Luis yangi jamoasidagi 17 ta uchrashuvda raqiblar darvozasini 16 marotaba aniq nishonga oldi va bu orqali XXI asrda bunday natija qayd etgan yagona futbolchiga aylandi.

Avvalgi rekord faoliyatini A seriyada davom ettirayotgan Krishtianu Ronalduga tegishli edi. Portugaliyalik to‘purar La ligadagi debyut mavsumida “Real” tarkibidagi dastlabki 17 ta o‘yinda 15 ta to‘p kiritgan.