Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Styuardessa uchish chogʻida eng qoʻrqinchli holat nima ekanini oshkor qildi
13:15 / 2020-04-12

Nomaʼlum bir styuardessaning eʼtiroficha, uning faoliyati davomida oʻzi boshidan kechirgan eng dahshatli holat mexanik xato tufayli samoletning pastga shoʻngʻiy boshlagani ekan. Bu haqda “Express” nashri eʼlon qilgan xabarda aytiladi.


Nomaʼlum bir styuardessaning eʼtiroficha, uning faoliyati davomida oʻzi boshidan kechirgan eng dahshatli holat mexanik xato tufayli samoletning pastga shoʻngʻiy boshlagani ekan. Bu haqda “Express” nashri eʼlon qilgan xabarda aytiladi.

Aviatsiya xizmatchisi bu haqdagi taassurotlari bilan forum davomida oʻrtoqlashgan. “Bir gal kishini aqldan ozdiradigan holatga guvoh boʻlganman, bu voqea aniq mexanik xato oqibatida roʻy bergan”, — deya eslaydi bort kuzatuvchisi.

Styuardessaning qayd etishicha, samolet dabdurustdan va katta tezlikda pastlay boshlagan. Ushbu chora yoʻlovchilar xavfsizligini taʼminlashga urinish uchun qoʻllangan.

“Salonda bosim yoʻqoldi va pilotlar uch kilometrdan ham quyiroq balandlikkacha tushirishga qaror qilishdi, — deydi u. — Butun ekipaj qora terga botib ketdi”.

Odatda, samolyot sahnida sunʼiy bosim hosil qilinadi. Sababi, yoʻlovchilar kislorod darajasi juda past boʻladigan juda yuqori balandlikda ham yoʻlovchilar uchun nafas olish imkoni yaratilishi shart.

Baʼzan, kutilmaganda bosim tushib ketadi va shunday hollarda samolyotni darhol pastlatish kerak.

“Baxtimizga oʻshanda ikkinchi pilot vaziyatni toʻgʻri baholadi va ongli ravishda harakat qilib, mashina sahnini toʻgʻrilashga muvaffaq boʻldi”, — deya hikoyasini yakunladi styuardessa.