FOTOREPORTAJ
Samarqand shahri “Besh tashabbus olimpiadasi”ning ikkinchi mavsumi xotin-qizlar o‘rtasidagi stritbol bo‘yicha “B” liga bahslariga mezbonlik qildi.
Musobaqada respublikamizning 14 hududidan kelgan 210 nafar qatnashchi uch yosh toifasida g‘oliblik uchun bahs olib bordi.
Murosasiz bellashuvlar yakunida 16-21 yoshlilar bahsida Toshkent shahri Yunusobod tumanining “Astrabod” mahallasi jamoasi, 22-26 yoshlilar o‘rtasida Jizzax viloyati G‘allaorol tumanining “Mirzabuloq” mahallasi jamoasi, 27-30 yoshlilar musobaqasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tumanining Berdaq nomli mahallasi jamoasi birinchi o‘rinni egalladi.
[gallery-9948]
- Musobaqani ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazib, yakunda Chimboyga birinchi o‘rin bilan qaytayapmiz, - deydi Berdaq nomli mahalla jamoasi sardori Jamila Kabirova. - Jamoamiz a’zolari hammamiz bir ko‘chada yashaymiz. “Besh tashabbus olimpiadasi”ni eshitib, stritbol bo‘yicha shug‘ullanishni boshladik. Quyi bosqichlarda ishtirok etib, muvaffaqiyat qozongach jiddiy e’tibor qaratib, respublika final bosqichida qatnashishni niyat qilgandik. Mana "B" ligada bo‘lsa-da maqsadimizga erishdik. Eng muhimi, sog‘lom turmush tarziga amal qilishni boshladik. Bizga qo‘shilib, oilamizdagilar ham doimiy sport bilan shug‘ullanishga kirishdi. bugungi g‘alabadan xursandmiz va sport bilan shug‘ullanishni davom ettiramiz.
G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan taqdirlandi.
Alisher ISROILOV (surat), O‘zA