Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Strategiya mazmun - mohiyati o‘rganilmoqda
19:51 / 2023-09-21

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi mazmun -mohiyatini o‘rganish va targ‘ib qilish hamda undan kelib chiquvchi vazifalarni belgilab olishga qaratilgan tadbirlar tashkil etilmoqda.

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi markaziy kengashi tomonidan ham strategiya mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.  

– Beshta ustuvor yo‘nalishda yuzta maqsadni birlashtirgan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi ixcham, sodda, barcha uchun tushunarli tarzda ishlab chiqildi, - dedi “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov. – Shu bois ham strategiya xalqona hujjat sifatida e’tirof etilmoqda. Mazkur Strategiya loyihasi muhokamasiga 1 milliondan ortiq takliflar kelib tushgan va ularning aksariyati e’tiborga olingan. Bu esa uning xalqchilligini ta’minlashga xizmat qilgan.  

Strategiyani tayyorlashda xorijiy tajriba ham e’tiborga olindi. “Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, taklif va tashabbuslardan xabardor bo‘lish maqsadida alohida platforma ishlab chiqilyapti. Ushbu platforma faoliyatida siyosiy partiyalar, deputatlar faol ishtirok etishi maqsadga muvofiq.  

Davra suhbatida strategiyada belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda O‘zMTDPning ishtirokini ta’minlash borasida ham fikr-mulohazalar bildirildi.  

 

M.Komilova, O‘zA