Har bir mamlakat, har bir soha taraqqiyoti uchun strategiya zarur. Bu har jihatdan puxta o‘ylab chiqilgan rejalar umumlashuviga o‘xshaydi. Ular bir-birini to‘ldiradi, maqsad sari tez eltadi. “O‘zbekiston-2030” strategiyasi ham shunday.
Ushbu muhim hujjat qabul qilinishi bilan islohotlar odamlar ko‘z o‘ngida tez odimlay boshladi, ko‘pchilikning hayotida o‘zgarishlar bo‘ldi. Bu strategiyani dunyo iqtisodchi va siyosatchilari chuqur o‘rganmoqda va uning qabul qilinishi mamlakat qudratini, farovonligini ta’minlab berdi.
Albatta, bir necha yillarga mo‘ljallangan strategiyani ishlab chiqish oson ish emas. turli soha vakillari, olimlar, iqtisodchilar, amaliyotchilar, tahlilchilar ish olib boradi, matematik yechimlar ishlab chiqiladi, tarozining har ikki pallasidek o‘lchamlari aniq belgilanadi.
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida “Strategiyalash nazariyasi va amaliyoti” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda hamkorlikda ana shu muhim hujjatni ishlab chiqish bo‘yicha fikr almashildi. Faqat yo‘nalishlar boshqa: Markaziy Osiyoda suv tanqisligini oldini olish va kelgusi yillarda suvni iqtisod qilish bo‘yicha maqbul takliflarni umumlashtirish.
Mazkur nufuzli tadbir O‘zbekiston Milliy universiteti, Navoiy davlat tog‘-kon texnologiyalari universiteti hamda bir qator xorijiy oliy o‘quv yurtlari va Strategik tadqiqotlar markazi hamkorligida tashkil etildi.
Anjuman doirasida “Markaziy Osiyo mintaqasida strategik rejalashtirish nazariyasi va amaliyoti” mavzusidagi konferensiya yalpi majlisi, “Strategiya kutubxonasi” kitobi, “Kuzbass strategiya kutubxonasi”, “Rossiya Uzoq Sharq strategiya kutubxonasi” va “Iqtisodiy va moliyaviy strategiya” kafedrasi jurnallari taqdimotlari o‘tkazildi.
Shuningdek, Rossiya Fanlar akademiyasining xorijiy a’zosi, akademik, jahonga mashhur iqtisodchi olim, iqtisod fanlari doktori, professor Vladimir Kvintning ma’ruzasi tinglandi.
Anjuman hududlarda ham davom etadi. Yakunida ilmiy xulosalarga asoslangan tavsiyalar ishlab chiqiladi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/0Q-A9jdtJrQ" title="Strategiya ishlab chiqishda xalqaro hamkorlik " frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Sanjar Toshpo‘latov, Oybek Davronov, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA