Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Strategiya demokratik institutlari rivojiga xizmat qiladi
21:03 / 2023-09-23

Andijonda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlarining o‘rni va roli” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Davra suhbati Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazining Andijon viloyati hududiy bo‘linmasi tomonidan viloyat hokimligi, Adliya boshqarmasi, Xalq deputatlari viloyat Kengashi huzuridagi Ijtimoiy sheriklik bo‘yicha jamoat komissiyasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi hamda O‘zbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi viloyat hududiy bo‘linmasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Tadbirda viloyat hokimining diniy va jamoat tashkilotlari bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari Rahmatillo Arziyev, Xalq deputatlari viloyat Kengashi huzuridagi Ijtimoiy sheriklik bo‘yicha jamoat komissiyasi raisi, senator Matlubaxon G‘aniyeva, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Yelena Babenko, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, siyosiy partiyalar viloyat kengashlari, NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentyabrdagi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyati, mamlakatimiz rivojidagi ahamiyatini keng targ‘ib etish, ushbu jarayonda davlat organlari, siyosiy partiyalar, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining roli va ishtiroki xususida atroflicha so‘z yuritildi.

–“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash, odil sudlovga erishish, iqtisodiyotning asosiy drayveri bo‘lgan tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, ijtimoiy sohadagi islohotlarni “inson manfaati eng ulug‘ maqsad” tamoyili asosida amalga oshirish kabi ustuvor masalalarni o‘z ichiga olgan, – deydi Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi Andijon viloyati hududiy bo‘linmasi rahbari Farhodbek Ataxanov. – Mazkur hujjat yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar ko‘lamini kengaytirish barobarida yangi-yangi tashabbus¬larga zamin yaratadi. 

Tadbirda Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari – Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi rahbari Abdulhamid Nurmatov, O‘zLiDeP viloyat kengashi raisi Xurshida Xalilova, Xalq deputatlari viloyat Kengashi huzuridagi Jamoat fondi direktori Zarduna Ismoilova hamda “Yuksalish” umummilliy harakati viloyat hududiy bo‘linmasi raisi Diyorbek Turg‘unovning ma’ruzalari tinglandi. 

Ma’ruzalarda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish va uning maqsadli ko‘rsatkichlariga erishish barcha davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida eng ustuvor vazifa etib belgilanganligi aytib o‘tildi. 

Shuningdek, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi – xalq strategiyasi” shiori ostida belgilangan islohotlarning izchil, sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi yuzasidan samarali jamoatchilik nazoratini o‘rnatish maqsadida onlayn portal ishga tushirilishi, unda strategiya ijrosining ta’minlanish darajasi, islohotlarning sifatli amalga oshirilishini aholi tomonidan har bir maqsad va undagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha baholash, ular yuzasidan fikr va mulohazalar va tashabbuslar bildirish imkoniyati yaratilganligi ta’kidlandi. 

Davra suhbatida “Inson qadri uchun” bosh g‘oyasi asosida yurtimizda fuqarolik jamiyati institutlarining erkin faoliyat yuritishi, davlat va jamiyat boshqaruvida faol ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilganligi, ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratilayotganligi alohida qayd etildi.

[gallery-13701]

Ishtirokchilar tomonidan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida Andijon viloyati uchun eng dolzarb ahamiyat kasb etayotgan yo‘nalishlar – hududlar, mehnat jamoalari, ta’lim muassasalarida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, ta’lim sifatini yaxshilash, pedagog kadrlar maqomi va malakasini oshirish, aholining suv resurslaridan oqilona foydalanish madaniyatini yuksaltirish, atmosfera havosi ifloslanishining hamda favqulodda vaziyatlar bilan bog‘liq aholi hayotiga xavf soluvchi ofatlarning oldini olish sohalarida tegishli tashkilot, muassasa va manfaatdor idoralar vakillari bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari yuzasidan taklif, fikr va mulohazalar bildirildi. 

Davra suhbati yakunida Strategiyada belgilangan maqsad va vazifalarni o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli ro‘yobga chiqarishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ilgari surildi, kelgusida amalga oshirilishi zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.

F. Ubaydullayev,
Z. Umrzoqov (surat),
O‘zA muxbirlari.